Shaxsiy himoya vositalari sifati va ularni ishlab chiqarish hajmi yanada oshiriladi

Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
18 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida tibbiy buyumlar va gigiyenik vositalar ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, tekstil sanoati vakillari va distribyutorlar bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat borasida so‘z yuritib, kasallikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini aytib o‘tdi. Bunda himoya niqoblarini ishlab chiqarayotgan korxonalar hajmni ko‘paytirishi uchun ishlab chiqarishni yanada kuchaytirish bilan birga ularning sifatiga e'tibor qaratishlari zarurligi ta'kidlandi. Aholining himoya niqoblariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yig‘ilishda ishtirok etgan tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, tekstil sanoati vakillari va distribyutorlar o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.
O‘zbekistonda tibbiy buyumlar, aynan tibbiyot va gigiyenik yuz niqoblarini ishlab chiqaruvchi 20 ta korxona mavjud. Shuningdek, mamlakatimizda respirator ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor bo‘lib, ularning barchasida ishlab chiqarish quvvati kuchaytirilgan va ular uzluksiz tartibda ishlab turibdi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishga qo‘shimcha ravishda yurtimizda tekstil korxonalar ham dokadan qatlamli gigiyenik niqoblarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
“O‘ztekstilsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar uch turdagi himoya niqoblarining ishlab chiqarilishini kuniga 2 million donaga yetkazmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga binoan, tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Hozirda, tibbiyot niqoblarni ushbu ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha mazkur buyruqqa o‘zgartirish kiritilmoqda. Undan maqsad himoya niqoblarini ishlab chiqarish jarayonini soddalashtirish va ishlab chiqarishni yanada oshirishdir.
Tibbiyot xalatlari (kombinezon) ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 4 ta bo‘lib, hozirda ular kuniga 7 ming dona kombinezon ishlab chiqarmoqda. Ushbu korxonalarning ishlab chiqarish imkoni kuniga 18 ming dona kombinezonni tashkil qiladi. Shu sabab ham ayni damda ehtiyoj ortgani tufayli, yaqin kunlarda ular to‘la quvvatda ishlay boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tanamda 20 tacha oskolka bor» – Rossiyada majburan urushga yuborilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
Jamiyat | 19:09
-
BAA maktablarida sun’iy intellektni o‘rgatish boshlanadi
Fan-texnika | 18:59
-
Isroil Yaman poytaxti aeroportiga aviazarba berdi
Jahon | 18:54
-
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:19 / 26.10.2021
Lukashenkoni shifoxonada himoya niqobini taqishga majbur qilishdi (video)

21:23 / 15.10.2021
Saudiya Arabistonida ko‘chada himoya niqobi taqish talabi bekor qilindi

23:29 / 03.07.2021