Samarqanddan Buxoroga yordam jo‘natildi
Samarqand viloyatidan Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari aholisiga 2 ming dona shifer, 10 tonna kartoshka, 4 tonna sabzi, 4 tonna piyoz va 2 tonna o‘simlik moyi jo‘natildi. Bu haqda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 29 aprel kuni xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida Olot va Qorako‘l tumanlari aholisiga amaliy yordam berish tashabbusi bildirilgan. Shu kuni kechasi qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan avtomashinalar karvoni Buxoroga qarab yo‘lga chiqqan.
«Davlat rahbarining o‘zi buxoroliklar holidan xabar olib, ularning ko‘nglini ko‘tarib keldilar. Biz ham bunday sharoitda qo‘l qovushtirib o‘tirolmaymiz, albatta. Shunday paytda bir-birimizga yelkadosh bo‘lishimiz, yordam qo‘lini cho‘zishimiz kerak. Sinovli kunlarda bunday harakatlar hammamiz uchun dalda bo‘ladi», deydi viloyat hokimi o‘rinbosari.
Viloyat hokimligi buxoroliklarga bundan keyin ham yana shu kabi yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

20:42 / 19.06.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada ikki yashar bola tok urishidan vafot etdi

16:10 / 18.06.2025
"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

22:03 / 11.06.2025