Markaziy bank raisiga yangi matbuot kotibi tayinlandi
Akmal Nazarov 2020 yil yanvar oyidan buyon Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Foto: Markaziy bank
Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 16 maydagi qaroriga asosan Akmal Nazarov Markaziy bank raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
A.Nazarov O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavr bosqichini, O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2004 yilda O‘zbekiston Milliy axborot agentligida sharhlovchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik “Poytaxt FM” radiosida yangiliklar muharriri, “Bank axborotnomasi” – “Bankovskiye vesti” gazetalari muxbiri, “Bozor, pul va kredit” jurnali Innovatsiyalar bo‘limi muharriri, bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2008-2018 yillar davomida “Bank axborotnomasi” – “Bankovskiye vesti” gazetalarida bosh muharrir lavozimida samarali mehnat qilgan. 2018-2019 yillarda Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boshqarmasida katta inspektor, bosh inspektor bo‘lib faoliyat yuritgan.
A.Nazarov 2020 yil yanvar oyidan buyon Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025