CNN: Tramp ta'sir kuchiga ega afroamerikaliklar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi mumkin
AQSh prezidentining bir necha yordamchilari unga politsiyaning qora tanlilarga nisbatan keskin munosabatlari masalasini ta'sir kuchiga ega afroamerikaliklar bilan muhokama qilishni tavsiya etgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning yordamchilari norozilik namoyishlari va tartibsizliklar sababli ta'sir kuchiga ega afroamerikalik jamoat arboblari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Telekanal manbalarining aytishlaricha, AQSh ma'muriyati xodimlari qator shaxslarga ushbu taklif bilan murojaat qilgan. Maslahatlashuvlar shu haftada o‘tkazilishi mumkin.
Qayd etilishicha, AQSh prezidentining bir necha yordamchilari unga politsiyaning qora tanlilarga nisbatan keskin munosabatlari masalasini ta'sir kuchiga ega afroamerikaliklar bilan muhokama qilishni tavsiya etgan.
O‘tgan haftada Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng AQShning qator shaharlarida ommaviy namoyish va tartibsizliklar davom etmoqda. U politsiyachilarning qo‘pol harakatidan keyin kasalxonada vafot etgandi.
Mavzuga oid

19:40
Tramp migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishni buyurdi

14:48
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda

14:04
Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

23:29 / 14.06.2025