Yaponiya AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish rejasidan voz kechdi

Yaponiya o‘z hududida AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi Aegis Ashore’ni joylashtirish rejasidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda Yaponiya Liberal-demokratik partiyasining xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishida mudofaa vaziri Taro Kono ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, tegishli qaror Milliy xavfsizlik kengashining bosh vazir Sindzo Abe boshchiligida o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.
15 iyunda Taro Kono Akita va Yamaguti prefekturalarida majmualarni joylashtirish dasturi to‘xtatilganini e'lon qilgan. Vazirning ta'kidlashicha, bu qaror raketaning tezlatish pog‘onasining harbiy baza tashqarisiga tushishi mumkinligi hamda turar-joy hududlari uchun xavf mavjudligi bilan asoslangan. Kononing aytishicha, bu kamchilikni to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha vositalar va vaqt talab etiladi.
Ushbu majmualarning mamlakatga 2025 moliyaviy yilda kiritilishi rejalashtirilgan edi.
21 iyunda esa NHK telekanali Yaponiya hukumatining Aegis Ashore’ni joylashtirish rejasidan voz kechmoqchiligini ma'lum qilgan.
Yaponiya AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimini o‘z hududida joylashtirish haqidagi qarorni 2017 yil oxirida qabul qilgan. Ushbu qaror mamlakat hududini Shimoliy Koreya tomonidan raketa hujumi holatiga himoyalash zarurati bilan asoslangan.
Mavzuga oid

00:30
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

22:20 / 16.06.2025
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi

19:40 / 16.06.2025