Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Huawei va ZTE kompaniyalarini milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi

Foto: Reuters
AQSh kommunikatsiyalar bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) Xitoyning Huawei va ZTE telekommunikatsiya kompaniyalarini milliy xavfsizlikka tahdid deb rasman e'lon qildi.
"FCC jamoat va ichki xavfsizlik byurosi Huawei Technologies Company (Huawei) va ZTE Corporation (ZTE) kompaniyalari hamda ularning sho‘'ba kompaniyalari va bo‘linmalari FCC 2019 yil noyabrda milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi kompaniyalar qurilmalari yoki xizmatlaridan foydalanishga qo‘ygan taqiq ostiga tushishini ma'lum qildi", - deyiladi komissiya bayonotida.
Qayd etilishicha, endilikda FCC umumiy xizmatlar fondidagi 8,3 milliard dollardan ushbu kompaniyalar taqdim etgan yoki ishlab chiqargan har qanday qurilma va xizmatlarni sotib olish uchun foydalanish mumkin emas.
FCC rahbari Ajit Pay har ikki kompaniya Xitoy kompartiyasi va harbiylari bilan aloqador ekanligini hamda Xitoy qonunlariga ko‘ra ushbu mamlakat razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilishga majbur ekanligini aytdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Huawei’ga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirgandi.
Mavzuga oid

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

23:12 / 01.08.2025