Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch yilda 3,6 mln aholiga suv yetkazish uchun pul ajratilgan edi. Amalda bor-yo‘g‘i 30 foiz xonadonga suv borgani ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistonda uch yil ichida 3 million 600 ming aholiga suv yetkazish rejalashtirilib, mablag‘ masalasi hal qilib berilgan. Biroq amalda bor-yo‘g‘i 30 foiz xonadonga suv borgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni ichimlik suvi, kanalizatsiya, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi.
2018 yil 30 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda bu sohaga budjetdan 3,7 trillion so‘m ajratilgan.
Bundan tashqari, 48ta loyihaga 1,9 milliard dollar xorijiy kreditlar jalb qilingan.
«Uch yil ichida 3 million 600 ming aholiga suv yetkazish rejalashtirilib, mablag‘ masalasi hal qilib berilgan bo‘lsa-da, amalda amalda bor-yo‘g‘i 30 foiz xonadonga suv borgan.
Kredit qaytimi budjet zimmasiga tushayotgani na tarmoq, na hudud rahbarlarini o‘ylantiryapti. Hokimlar yirik loyihalarni vazirlik qilyapti, deb o‘zlari chetga chiqib olgan», – deya Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltirdi «O‘zbekiston 24».
Yig‘ilishda berilgan topshiriqqa asosan, endilikda hududiy suv ta'minoti korxonalarida kuzatuv kengashlari tuzilib, ularga viloyat hokimlarining shaxsan o‘zlari rahbarlik qiladi.
«Hokimlar loyihalar sifatli bajarilishiga, mablag‘ning maqsadli sarflanishiga va olingan kredit qaytimiga bir xilda javob beradi», – deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
Mavzuga oid

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

19:20 / 25.04.2025