Mutaxassislar: Gidroksixloroxin COVID-19ga qarshi samarasiz. U O‘zbekiston SSV tavsiya qilgan dorilar ro‘yxatida bor

Foto: AFP
Braziliya infektologlari jamiyati gidroksixloroxin dorisidan COVID-19 virusini davolashda foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda. “Zudlik bilan gidroksixloroxinni COVID-19ni davolashning har qanday bosqichida olish kerak”, — deyiladi shifokorlar bayonotida.
Olimlar mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligini koronavirusni yuqtirgan bemorlarni davolash usulini qayta ko‘rib chiqishga va bu kasallikni davolashda samara bermaydigan va aks ta'sirlar keltirib chiqaradigan dori uchun davlat mablag‘larini sarf qilmaslikka chaqirgan. Ma'lum qilinishicha, Braziliya prezidenti Bolsonaru ayni vaqtda davolanish uchun gidroksixloroxindan foydalanmoqda.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ga qarshi kurash uchun sinaladigan dorilar ro‘yxatidan gidroksixloroxinni chiqarib tashlagan edi. Iyun oyi boshida Oksford olimlari, ushbu dori kasallikni davolashda yordam berishini isbotlovchi alomatlarni topa olishmagandi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, gidroksixloroxinni qabul qilgan bemorlarning 25,7 foizi 28 kun ichida vafot etgan. Bu malhamni qabul qilmaganlar orasida o‘lim darajasi 23,5 foizni tashkil etgan. AQSh sog‘liqni saqlash milliy institutlari (NIH) ham gidroksixloroxinning koronavirusga qarshi dori sifatidagi klinik sinovlarini to‘xtatgandi.
Bundan avvalroq, Ispaniya dori vositalari va tibbiy mahsulotlar agentligi ham bezgakni davolashda keng qo‘llaniladigan gidroksixloroxinning klinik sinovlarini to‘xtatishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid

17:24 / 08.06.2025
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi

21:31 / 06.06.2025
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

20:35 / 28.05.2025
Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

14:45 / 22.05.2025