Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshi 65dan yuqori keksalar yashovchi 106 mingta oilaga ham homiylik yordami ko‘rsatiladigan bo‘ldi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining ish tartibi haqida ma'lumot berdi.
«Markaz orqali yordam to‘rt bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 101 980 nafar ehtiyojmand oilaning ro‘yxatini shakllantirildi. Bunga qo‘shimcha tarzda yoshi 65dan yuqori bo‘lgan keksalar istiqomat qiladigan 106 490 nafar oila ham ro‘yxatga kiritildi.
Ikkinchi bosqichda Mahalla xayriya fondining joylardagi «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalari orqali 30 mlrd so‘m ajratildi. Uchinchi bosqichda jamg‘armadan ajratilgan pullar va homiylar tomonidan berilgan mablag‘lar asosida oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari tayyorlanmoqda.
So‘nggi bosqichda esa mahsulotlar ehtiyojmand oilalarning xonadonlariga yetkazib beriladi», dedi Sodiqjon Turdiyev Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida.
XPK moderatori Sherzod Qudratxo‘jayevning Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayevga asoslangan holda ma'lum qilishicha, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlariga 14 iyuldan 19 iyulgacha bo‘lgan vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari uchun yordam so‘rab 38 716ta murojaat kelib tushgan.
Ushbu markazlarda 2888 nafar yoshlar koll-markazlarda murojaatlarni qabul qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun ko‘ngillilik asosida ishlashmoqda.
Hozirgacha 68 279 nafar yordamga muhtoj oilaga markaz orqali yordam berilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025