Yevropaning koronavirus inqirozidan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlati ma'lum qilindi

Foto: Angel Navarrete /Bloomberg
Ispaniya iqtisodiyoti 2020 yilning 2-choragi yakunlariga ko‘ra 18,5 foizga pasaygan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi va u Ispaniyani Yevropaning koronavirus inqirozidan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlati deb atadi.
Ispaniya iqtisodiyotining pasayishi iqtisodiyotchilar prognoz qilgandan yuqoriroq bo‘lgan. Ular bu ko‘rsatkich 16,6 foizni tashkil qilishini aytishayotgandi.
Ispaniyada iqtisodiy ko‘rsatkichlar 3-chorakda tiklanishi kutilmoqda, biroq tez o‘sishga umid qilinmayapti. Iqtisodiyotning tiklanishiga muvaffaqiyatsiz kurort mavsumi va koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkinligidan xavotir to‘sqinlik qilmoqda. Oxirgi 3 oyda Ispaniya iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida qisqarish yuz bergan. Biroq koronavirus inqirozi chakana savdo, transport, turizm va restoran biznesiga kuchli zarba bergan. Umumiy hisobda bu sohalar 40 foizgacha daromadini yo‘qotgan.
Shuningdek, koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar ishsizlik darajasi oshishiga olib kelgan. Bu ko‘rsatkich 15 foizga yetgan. Ta'kidlanishicha, yil oxirigacha Ispaniyada o‘n minglab kichik va o‘rta korxonalar kasodga uchrashi kutilmoqda.
Umumiy hisobda, yevrohudud iqtisodiyoti 2-chorakda 14,4 foizga qisqargan. Bu esa statistika olib boriladigan vaqtdan beri eng kuchli pasayish hisoblanadi. Jumladan, Yevropaning bosh iqtisodiyoti hisoblanadigan Germaniyaning yalpi ichki mahsuloti 10,1 foizga, Fransiyaniki 13,8 foizga qisqargan.
Mavzuga oid

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

17:57 / 20.04.2025
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi

16:03 / 15.04.2025
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi

11:50 / 15.04.2025