Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijodiy imtihoni bekor qilingan abituriyentlarga ham qo‘shimcha 4ta yo‘nalishni tanlash imkoni berildi
Buning uchun ular 16 avgustgacha abitur.dtm.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, arizasiga o‘zgartirish kiritishi lozim.

Davlat qabul komissiyasining 2-son bayoni qabul qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Hujjat bilan, pandemiya sababli 2020/21 o‘quv yili qabulida istisno tariqasida ham test, ham ijodiy (kasbiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari bilan almashtirildi.
Shundan kelib chiqqan holda, mazkur 12ta ta'lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarga test topshiradigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha 4 tagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi berildi.
7200ga yaqin abituriyent 16 avgustgacha (shu kuni ham) qo‘shimcha 4ta yo‘nalishni tanlashi mumkin. Buning uchun ular abitur.dtm.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, arizasiga o‘zgartirish kiritishi lozim.
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev keltirgan ma'lumotlarga ko‘ra:
- Arxitektura yo‘nalishidagi Matematika (3,2) + Ona tili va adabiyot (3,1) majmuasi faqat 2 ta yo‘nalishda bor: Sotsiologiya hamda Kutubxona-axborot faoliyati.
- Jurnalistikadagi Ona tili va adabiyot (3,2) + Chet tili (3,1) majmuasi faqat Noshirlik ishi yo‘nalishida bor.
- Dinshunoslik va Islomshunoslikdagi Chet tili (3,2) + Tarix (3,1) majmuasi boshqa birorta yo‘nalishda yo‘q.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Xitoy Rossiyaga dronlar uchun dvigatellar yetkazib berishda davom etmoqda
Jahon | 07:28
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
Mavzuga oid

18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi

17:33 / 19.09.2024
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi – shartlar qanday?

15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?

08:30 / 06.09.2024