Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
Loyiha parlament saytining “Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari” rukniga joylashtirilgan.

Foto : KUN.UZ
2020 yil 19 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saytida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonun loyihasi har kimning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqini, dinga bo‘lgan munosabatdan tashqari fuqarolar tengligini, jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo kelishuvni ta'minlash borasida davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Qonun loyihasini takomillashtirishda jamoatchilik fikrini olish maqsadida loyiha parliament.gov.uz saytining “Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari” rukniga joylashtirilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi.
Mavzuga oid

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025