Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtihonning ikkinchi kuni 6 nafar soxta abituriyentga chora ko‘rildi - DTM
Davlat test markazi 3 sentabr kungi test sinovlari haqida ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko‘ra, shu kuni Namangan viloyatida ob-havo tufayli 2-smena imtihonlari soat 18:30da boshlanib, 21:30da tugagan.
Ma'lum qilinishicha, 3 sentabr kuni 65ta obektda test sinovlari 1-smenada soat 08:00 da boshlanib, 11:00 da, 2-smena esa soat 17:00da boshlanib, 20:00da tugagan. Faqat Namangan viloyatida ob-havo tufayli 2-smena imtihoni soat 18:30da boshlanib, 21:30da tugagan.
«Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 ming 919 nafar abituriyentdan 112 ming 103 nafari, ya'ni 95,1 foizi qatnashdi, 5 ming 695 nafar abituriyent testga kelmagan. 6 nafar abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgani sababli, ularga ruxsat berilmadi.
40 nafar abituriyent hududga kirish joyida imtihondan chetlatilgan. Ularning 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka olib kirishga harakat qilgan, 9 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan.
75 nafar abituriyent esa imtihon jarayonida testdan chetlatilgan. Bu abituriyentlarning 62 nafari telefon va elektron qurilmalar, 7 nafari shpargalkadan foydalanishga harakat qilgani uchun, 4 nafari esa test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani, 2 nafari boshqa shaxsning o‘rniga kirgani uchun chetlatilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 6 nafar soxta abituriyent jarayondan chetlatilib, ularga Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Buxoroda sifatsiz g‘isht ishlatilgan qurilish buzib tashlandi
Ko‘chmas mulk | 13:07
-
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 12:58
-
Tramp Shotlandiyada: shamol turbinalari va migratsiya Yevropaga tahdid solmoqda
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

13:15 / 26.09.2023