Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reportaj: Maktablarda uzoq kutilgan birinchi qo‘ng‘iroq yangradi
14 sentabr: maktab o‘quvchilari uchun amalda 6 oyga cho‘zilgan ta'tilni birinchi soatga chalingan kirish qo‘ng‘irog‘i yakunladi. Xalq ta'limida uzoq kutilgan yangi 2020/21 o‘quv yili bugundan barcha maktablarda boshlandi.

Respublikadagi 10 mingga yaqin maktabning 2 635tasida karantin qoidalariga amal qilingan holatda an'anaviy shaklda darslar boshlandi. Qolgan maktablarda darslar masofaviy tarzda boshlandi, ularda an'anaviy ta'lim 1 oktyabrga qadar yo‘lga qo‘yiladi.
Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi maktablarning an'anaviy shaklda ochilish jarayonlarini kuzatdi.
Birinchi sinflar maktabga soat 8:00dan boshlab, yuqori sinflar esa 8:30dan sinf xonalariga kiritildi. Darsga kirishdan oldin o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanib, qo‘llari dezinfeksiya qilindi.

Olmazor tumanidagi 224-maktab direktori o‘rinbosari Feruza Atamurodovaga ko‘ra, maktabda jami 1859 nafar o‘quvchi o‘qiydi, shundan 895 nafarining ota-onasi farzandi an'anaviy tarzda ta'lim olishini afzal ko‘rgan.
«O‘tgan o‘quv yillariga nisbatan bu yil yanada mas'uliyatliroq bo‘ladi. Chunki bizga pandemiya sharoitida o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qituvchilarning ham sog‘lig‘ini asrash mas'uliyati ortiladi. O‘quvchi va o‘qituvchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun biz sog‘liqni saqlash tizimi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Maktablarga shifokor va hamshiralar biriktirildi.
O‘quvchilar soniga qarab oldin maktabga bitta hamshira jalb qilingan bo‘lsa, hozirda ular soni 3-4 nafargacha oshirildi. Maktabning ochilganidan juda ham xursandmiz», – deydi u.
Maktabga biriktirilgan hamshira Sadoqat Maxsumovaning ta'kidlashicha, o‘quvchilarni orada 2 metr masofa saqlangan holda qabul qilinmoqda. Kelgan o‘quvchining avval harorati o‘lchanadi, keyin qo‘llari dezinfeksiya qilinadi. Sinf xonasiga kirishdan oldin bolalar yangi niqob bilan ta'minlanadi (eslatib o‘tamiz, belgilangan tartibga muvofiq, o‘quvchilarni niqob bilan ta'minlash ota-onalar zimmasiga yuklangan).
Agar bolaning isitmasi bo‘lsa, izolyatsiya xonasiga kiritilib, unga birinchi yordam ko‘rsatiladi. So‘ng bolaning ota-onasi chaqiriladi.
O‘quvchilarning maktab sog‘inchi ko‘zlaridan bilinib turibdi. Ular an'anaviy ta'limni, sinfdoshlari va ustozlarini sog‘inishganini qayta-qayta ta'kidlashdi.
«Maktab ochilishini ko‘p kutdik. 6 oy karantida o‘tirganimizdan so‘ng 14 sentyabrdan maktabimiz ochilishini eshitib, juda xursand bo‘ldik. Maktabga kirishda ham oramizda 1,5 metr masofa saqlab, keyin kirgizishdi. Anchadan buyon ko‘rmagan, sog‘ingan o‘rtoqlarimiz bilan ham juda yaqindan salomlashib ko‘risholmayapmiz», – dedi Mirzo Ulug‘bek tumani 64-maktab o‘quvchilaridan biri.
64-maktabda ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra ota-onalarning 65-70 foizi an'anaviy ta'lim shaklini tanlashgan.
«Hozir 2 soat dars o‘tgan bo‘lsam, o‘quvchilar ruhiyatida maktab sog‘inchini ko‘rdim. Meni xursand qilgan narsa – o‘quvchining ko‘zidagi bilim olishga bo‘lgan chanqoqlik bo‘ldi», deydi biz bilan suhbatlashgan o‘qituvchilardan biri.
Zuhra Abduhalimova tayyorladi.
Tasvirchi – Abdusalim Abduvohidov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
-
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 07:31
-
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi
Turizm | 07:30
Mavzuga oid

10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi

13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi

22:48 / 03.12.2024