Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rangli inqilob amalga oshmadi». Lukashenko qasamyod qabul qildi, inauguratsiya oldindan xabar bermay o‘tkazildi
Minskda Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi va u Belarus prezidenti sifatida lavozimga kirishdi. Inauguratsiya haqida avvaldan e'lon qilinmadi, shu tufayli Lukashenkoning lavozimga kirishgani haqidagi xabar mamlakat aholisining aksar qismi va jurnalistlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi.

Foto: BELTA
Marosim Mustaqillik saroyida o‘tkazilgan. BelTA agentligi xabariga ko‘ra, unga «bir necha yuz kishi taklif etilgan». Ular orasida yuqori darajali mansabdorlar, fan arboblari, rasmiy OAV vakillari bo‘lgan.
«Aleksandr Lukashenko qo‘lini Konstitutsiyaga qo‘ygan holda belarus tilida qasamyod qildi. Keyin u marosim o‘tkazilgani borasida aktga qo‘l qo‘ydi. Shundan keyin Markaziy saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshina Aleksandr Lukashenkoga Belarus Respublikasi prezidenti guvohnomasini topshirdi», deyiladi agentlik xabarida.
Hukumatga yaqin ekani aytiladigan «Pul Pervogo» telegram kanalida inauguratsiya marosimidan olingan surat joylashtirildi.
Belarus konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident saylovlar yakunlangach ikki oy ichida, ya'ni bu holatda 9 oktyabrgacha lavozimiga kirishishi kerak. Chorshanba kuni tongda Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida inauguratsiya marosimining sanasi aniq emasligi, marosim o‘tkaziladigan vaqt yaqinlashganida bu haqda OAVga ma'lumot berilishini aytgandi.
23 sentabr tongida mahalliy nashrlar va telegram-kanallarda Minsk markazi yopilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, prezident Lukashenko korteji Mustaqillik maydoniga kirib kelgani tavsirlari e'lon qilindi.
«Rangli inqilob amalga oshmadi»
Belarus nashrlari Lukashenkoning inauguratsiya marosimidagi chiqishidan iqtiboslar keltirmoqda, u mamlakatda «rangli inqilob» amalga oshirish muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida gapirgan.
«Bizning davlatchiligimizga misli ko‘rilmagan chaqiriqlar tashlandi - mustaqil davlatlarni yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan va ko‘p marta sinovdan o‘tgan texnologiyalarga qarshi turishga to‘g‘ri keldi. Ammo biz «rangli inqilob» amalga oshmagan kam sonli, ehtimol yagona davlat bo‘ldik», degan Lukashenko.
«Men nafaqat o‘z taqdirini, balki farzandlari kelajagini davlat bilan bog‘lagan belaruslarni, Belarus uchun shunday murakkab pallalarda mamlakatga va xalqqa sodiq qolganlarning hech birini tashlab ketishga haqqim yo‘q edi», degan Lukashenko.
Lukashenko 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini aytmoqda, ammo muxolifat va G‘arb davlatlari saylov natijalarini soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda va eng ko‘p ovozni muxolifatchilar nomzodi Svetlana Tixanovskaya olganini aytishmoqda.
Belarusda bir oydan oshiq vaqtdan buyon tinch namoyishlar tingani yo‘q, hukumat kuchlari namoyishchilarni qo‘lga olmoqda va ularga kuch ishlatmoqda.
«Belarus Respublikasi prezidenti to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, qasamyod marosimi radio va televideniye orqali namoyish etilishi kerak. Nexta telegram-kanali «Belarus-1» va ONT telekanallarida qasamyod vaqtida seriallar namoyish etilganini yozgan.
Muxolifat reaksiyasi
Belarus muxolifati Muvofiqlashtiruv kengashi prezidiumi a'zosi, sobiq madaniyat vaziri Pavel Latushko Lukashenkoning harakatlarini «o‘ziga qasamyod qilish operatsiyasi» deb atadi.
«OMON qo‘riqchiligida, maxfiy ravishda, sodiq amaldorlar bilan tor doirada o‘tkazilgan marosim. Olqishlayotgan fuqarolar qani? Diplomatik korpus vakillari qayerda? Bugungi kundan e'tiboran u Belarus Respublikasi prezidenti emas. U shunchaki ko‘chalarda nishonsiz ishlayotgan OMON harbiylari va bir necha mulozimlarning rahbari. Biz uchun, Belarus fuqarolari uchun, jahon hamjamiyati uchun endi u hech kim. Tarixning badbaxt xatosi va madaniyatli dunyo uchun sharmandalik», degan u.
Internetda Belarus shaharlari aholisini kechqurun markaziy hududlarda namoyish o‘tkazishga chaqiriqlar paydo bo‘lgan. Haydovchilardan yo‘llarni to‘sib qo‘yish so‘ralgan.
Xalqaro reaksiya
Germaniya Aleksandr Lukashenkoni inauguratsiya marosimidan keyin ham Belarusning legitim prezidenti sifatida tan olmaydi. Bu haqda Deutsche Welle nashri GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybertga asoslanib xabar tarqatdi.
Shuningdek, Slovakiya ham Lukashenkoni qonuniy prezident sifatida tan olishdan bosh tortgan. Bu haqda ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivan Korchok tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham shunday bayonot bilan chiqqan. «Belarusda prezidentlik saylovlari erkin va adolatli o‘tmadi. Uning natijalari qonuniy emas. Hech qanday marosim — dabdabali yoki maxfiy o‘tkazilsin — bu faktni o‘zgartira olmaydi», — degan u.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Buxoroda sifatsiz g‘isht ishlatilgan qurilish buzib tashlandi
Ko‘chmas mulk | 13:07
-
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 12:58
-
Tramp Shotlandiyada: shamol turbinalari va migratsiya Yevropaga tahdid solmoqda
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

20:28 / 07.05.2025