Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning 5 davlati Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olishdan bosh tortdi
Yevropaning 5 ta davlati - Germaniya, Latviya, Litva, Slovakiya va Estoniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasidan keyin ham uni Belarus prezidenti deb tan olmasligini ma'lum qildi.

Foto: BelTA/Handout via REUTERS
23 sentyabrda Minskda Lukashenkoning Belarus prezidenti lavozimiga kirishishi marosimi bo‘lib o‘tdi. E'tiborlisi, inauguratsiya oldindan e'lon qilinmagan holda o‘tkazilgan.
“Ushbu marosim maxfiy ravishda tayyorlangani va jamoatchilik ishtirokisiz o‘tgani – juda namoyishkoronadir. Bu marosimdan keyin janob Lukashenko o‘zining qonuniyligiga umid qilmasa ham bo‘ladi”, deb aytgan Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert.
Uning ta'kidlashicha, Belarus prezidenti saylovlari erkin va demokratik bo‘lmagan, Germaniya esa “Lukashenko va uning ma'muriyatidan tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlikni to‘xtatishni kutmoqda”. Bundan tashqari, siyosiy mahkumlar qo‘yib yuborilishi va turmalarda qiynoqlarga chek qo‘yilishi lozim.
“U [Lukashenko] Belarusdagi na erkin va na adolatli bo‘lgan prezident saylovlari uchun javobgardir. Slovakiya Belarus fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb yozgan tvitterda Slovakiya tashqi ishlar vaziri Ivan Korchok.
Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu Lukashenkoning inauguratsiyasini noqonuniy va demokratiya tamoyillariga zid deb atagan. “Lukashenkoning bugungi noqonuniy inauguratsiyasi demokratiyaning barcha tamoyillariga zid keladi. Lukashenko yaqqol o‘z mandatidan mahrum bo‘ldi. Biz Belarus aholisi o‘ziga munosib bo‘lgan prezidentni olishi uchun erkin va adolatli saylovlar o‘tkazilishiga chaqiramiz”, deb aytgan Reynsalu.
Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich esa Lukashenkoning “maxfiy inauguratsiyasi” bo‘lib o‘tgan saylovlarga va Lukashenkoning davlat rahbari maqomiga qonuniylik bermasligini aytgan.
Mavzuga oid

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

20:07 / 01.08.2025
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»

17:35 / 31.07.2025
Litva bosh vaziri korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqdi

15:07 / 21.07.2025