O‘zbekiston | 09:36 / 02.10.2020
1738
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron tijoratni yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritiladi

O‘zbekistonda elektron tijoratni yanada rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish mo‘ljallanmoqda. 

2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilishicha, tegishli tahliliy-axborot ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, elektron tijoratni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Bajarish muddati - 2020 yil noyabr, ijro uchun mas'ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar. 

Bundan oldin, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha universal onlayn platforma joriy etilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid