Jahon | 19:49 / 02.10.2020
5999
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada havoda koronavirusni aniqlovchi asbob ishlab chiqildi

Rossiyaning Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazida havoda 86 ta xavfli obektni, jumladan koronavirusni aniqlovchi asbob ishlab chiqildi. 

Foto: RIA Novosti

Markaz xodimi Artem Tkachukning ta'kidlashicha, asbob havodagi bakteriyalar, toksinlar va viruslarni aniqlash imkonini beradi. “Bu asbob odam ishtirokisiz, uzukkun beto‘xtov ishlashi va havoda xavfli biologik agentlar paydo bo‘lishini baholashi mumkin”, deb ma'lum qilgan Tkachuk.

Uning ta'kidlashicha, havoda koronavirusni aniqlovchi ushbu asboblarni metro va aeroportlarda o‘rnatish mumkin.

Oktyabrdan boshlab ushbu qurilmaning aeroportlar, metropoliten va ba'zi binolarda o‘rnatilishi boshlanadi. Ta'kidlanishicha, ushbu asbobga boshqa davlatlar ham qiziqish bildirmoqda.

Mavzuga oid