Qirg‘iziston prezidenti iste'foga chiqishdan oldin mamlakatning Rossiyadagi elchisini lavozimidan yashirincha bo‘shatgani ma'lum bo‘ldi
Prezident farmonida respublikaning Rossiyadagi elchisi ishonchni yo‘qotganligi bois lavozimidan ozod qilingani aytilgan.

Alikbek Jyekshenkulov / Foto: Akipress
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste'foga chiqishdan avval mamlakatning Rossiyadagi elchisi Alikbek Jyekshenkulovni lavozimidan ozod qilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Jyekshenkulov agentlikka o‘zining lavozimidan ozod qilinganini ijtimoiy tarmoqlar orqali bilganini ma'lum qilgan. Bu haqdagi tegishli farmon 14 oktyabrda, prezident iste'fosi arafasida chiqarilgan.
Sputnik Qirg‘iziston Telegram-kanalida yozishicha, farmonda respublikaning Rossiyadagi elchisi ishonchni yo‘qotganligi bois lavozimidan ozod qilingani aytilgan. Jyekshenkulov buning qanday sodir bo‘lganini tushunmayotgani, chunki Jeenbekov unga shaxsan hech qanday ishonchsizlik bildirmaganini aytgan.
Prezident iste'fosi to‘g‘risidagi chaqiriqlar parlament saylovida parlamentdan o‘rin ololmagan muxolifatchi partiyalar o‘tkazgan norozilik namoyishlarida yangragandi.
6 oktyabrga o‘tar kechasi namoyishchilar «Mekenchil» («Vatanparvar») partiyasi asoschisi bo‘lgan Sadir Japarovni qamoqdan ozod qilishgandi. U 2013 yilda Qorako‘lda mitinglar uyushtirgani hamda Issiqko‘l gubernatori Emilbek Kaptagayevni garovga olgani uchun 2018 yilda 11,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Namoyishlar vaqtida shu yil yozidan buyon hukumatni boshqarib turgan Kubatbek Bo‘ronov iste'fo berdi.
6 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlarining bir qismi Sadir Japarov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.
Ammo 13 oktabr kuni prezident Sooronbay Jeenbekov parlament qarori yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun deputatlarning yetarli soni unga ovoz berishi kerakligini aytib, Japarovni bosh vazir sifatida tan olmadi.
14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni yana bir bor bosh vazirlikka tayinladi va bu safar prezident uning nomzodini qabul qildi.
Aynan uning talabi bilan Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.
Mavzuga oid

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025