Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning saylovoldi kampaniyasi sayti xakerlik hujumiga uchradi
AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi saytiga xakerlik hujumi sodir etildi. Ta'kidlanishicha, xakerlar hech qanday maxfiy ma'lumotni qo‘lga kirita olmagan.

Foto: Reuters
Kampaniya shtabi vakili Tim Mertouning ma'lum qilishicha, sayt hujum oqibatida bir muddatga ishlamay qolgan, biroq ayni vaqtda uning ishi tiklangan. Xakerlar hech qanday maxfiy ma'lumotni qo‘lga kirita olishmagan, chunki bunday axborot saytda saqlanmaydi.
Huquq-tartibot idoralari hujum manbasini aniqlashga kirishgan.
22 oktyabrda niderlandiyalik xaker Viktor Gevers Trampning Twitter’dagi akkauntini buzib kira olgani ma'lum qilingan. Xaker AQSh prezidentining shaxsiy xabarlarini o‘qish, uning nomidan xabarlar qoldirish va shaxsiy ma'lumotlarni o‘zgartirish imkonini qo‘lga kiritgan. U buning isboti sifatida OAVga ekran skrinshotlarini taqdim etgan.
Mavzuga oid

15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?

15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi

19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi

21:10 / 09.02.2022