Shotlandiyada bolalarni tarbiyalash maqsadida shapaloq urish taqiqlandi

“Express and Star” axborot portalining xabar berishicha, Shotlandiyada bolalarni tarbiyalash maqsadida ularga shapaloq urish taqiqlandi.
16 yoshdan kichik bolalarga jismoniy kuch ishlatishni taqiqlovchi qonun Shotlandiya parlamenti tomonidan o‘tgan yili ma'qullangan edi. Qonun bugun, 2020 yil 7 noyabrdan kuchga kirdi. Avval mamlakatda ota-onalar va vasiylar bolalarni bunday tartibda jazolashi mumkin bo‘lgan.
Dunyoda bolalarga shapaloq urish taqiqlagan birinchi mamlakat Shvetsiya bo‘lgan (1979 yil). Shotlandiya bunday davlatlarning 57 chisi bo‘ldi. Shuningdek, bu kabi qonun 2021 yil yanvarda Uelsda ham qabul qilinishi kutilmoqda. Angliya va Shimoliy Irlandiyada bu kabi qonun loyihalarini qabul qilish rejalashtirilmayapti.
«Shotlandiya Buyuk Britaniya qirolligidagi bolalarni xuddi kattalar kabi zo‘rlikdan himoya qiluvchi qonun qabul qilgan ilk davlat bo‘lganidan juda xursandman. Bolalarga munosabatda qattiqqo‘llikni oqlab bo‘lmaydi», – degan bola huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil Meri Todd.
Mavzuga oid

10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi

11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor

22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi

18:00 / 02.09.2024