Yana bir mamlakatda qorako‘zanlarda koronavirus aniqlandi
Shu kunga qadar Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQShdagi qorako‘zan yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgandi.

Foto: Reuters
Gretsiya shimolidagi ikkita fermada qorako‘zan (norka)larda koronavirusning mutatsiyaga uchragan shakli aniqlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Fermaning bir ishchisiga virus yuqqan, qolgan ishchilar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ushbu fermada 2,5 ming boshga yaqin jonivor yo‘q qilinadi. Yana bir fermadagi zararlangan jonivorlar soni ma'lum qilinmagan.
Ushbu fermalar joylashgan Kozani va Kastoriya provinsiyalarida mo‘yna ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatdagi qorako‘zan fermalari yiliga 60-70 million yevro daromad keltiradi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQShdagi norka yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
5 noyabrda esa Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha qorako‘zanlarni yo‘q qilishni buyurgandi. Keyinroq hukumat bu fikrdan qaytgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid

16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

15:35 / 27.01.2025