«Bunday qilsam, xotinim ketib qoladi» – Obama Jo Baydenning ma'muriyatida ishlamasligini aytdi
AQShning 44-prezidenti Barak Obama demokratlar vakili Jo Bayden 46-prezident sifatida ish boshlasa, uning ma'muriyatida ishlash niyati yo‘qligini aytdi.

Foto: EPA
«Men unga (Baydenga) har qanaqasiga yordam beraman. Biroq hozir Oq uyda ishlash niyatim yo‘q. Men qilmaydigan ishlar bor. Agar ularni qilsam, xotinim meni tashlab ketadi», deb hazillashdi Obama CBS telekanali efirida.
Obama saylovda uning prezidentlik davrida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden g‘olib bo‘lishiga shubha qilmayotganini aytdi. Obamaning fikricha, Trampning saylovda ovozlar soxtalashtirilgani haqida gaplari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ma'lumot uchun, 3 noyabr kuni o‘tkazilgan AQSh prezidentlik saylovlari natijasi hamon e'lon qilingani yo‘q. Mahalliy OAV saylovda Baydenning g‘alabasini e'lon qilib bo‘lgan, lekin amaldagi prezident Donald Tramp saylovdagi o‘z g‘alabasi haqida gapirishdan to‘xtamayapti.
Barak Obama demokratlar partiyasi qo‘llab-quvvatlovida 2009-2017 yillarda AQSh prezidenti bo‘lib ishlagan. Uning davrida maslakdoshi Jo Bayden vitse-prezident bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:36 / 17.04.2025
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta chiqish qildi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

17:24 / 13.04.2025