Tramp saylovlar tufayli AQSh Kiberxavfsizlik agentligi direktorini ishdan bo‘shatdi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 17 noyabr kuni mamlakat ichki xavfsizlik vazirligining kiberxavfsizlik va infrastruktura xavfsizligi agentligi boshlig‘i Kristofer Krebsni vazifasidan ozod qildi.

Foto: AFP
“Kris Krebsning 2020 yildagi saylovlar yuzasidan bergan bayonoti juda noaniq bo‘ldi. Saylovlarda ko‘plab qoidabuzarlik va firibgarliklar bo‘ldi: «o‘lik ovozlar», kuzatuvchilarning saylov uchastkalariga kiritilmasligi, nomzodlar uchun berilgan ovozlarni sanovchi mashinalarda yuzaga kelgan nosozliklar, kech ovoz berish va shu kabilar. Shuning uchun, Kris Krebs ayni vaqtdan boshlab kiberxavfsizlik va infrastruktura xavfsizligi agentligi direktori lavozimidan bo‘shatildi”, – deb yozadi Tramp o‘zining tvitter sahifasida.
Shuningdek, Tramp chet davlatlarning AQShdagi saylovlarga aralasha olish imkoni bo‘lmagani, ular xavfsizligining yagona jihati bo‘lganini ta'kidlagan.
Avvalroq, Reuters agentligi Krebs vazifasidan ozod qilinishi kutilayotganini ma'lum qilgan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, agentlik tomonidan saylovlar vaqtida dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun sayt yaratilgan. Ushbu saytda «AQSh Demokratik partiyasi saylov natijalarini ommaviy ravishda soxtalashtirishga aloqadorligi tasdiqlangani» rad qilingan. Oq Uy go‘yoki ushbu ma'lumotni tahrirlashni yoki o‘chirib tashlashni talab qilgan, Krebs yetakchilik qilayotgan agentlik esa bu talabni rad qilgan.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025