Jahon | 19:11 / 06.12.2020
3859
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar va arab davlatlarining dekabrda Bahraynda o‘tadigan sammitda yarashib olishi kutilmoqda

Qatar va arab davlatlari o‘zaro munosabatlarda 3 yil davom etgan inqirozdan keyin Forz ko‘rfazi davlatlarining dekabrda Bahraynda o‘tadigan sammitida yarashuvga keladi. Bu haqda yuqori mansabdor diplomatga tayanib Kuvaytning Al Rai nashri ma'lum qildi.

Foto: regnum.ru

“Yarashuv Fors ko‘rfazi davlatlarining sammitida yuz beradi. Inqiroz davomida gapirilgan barcha asosiy kelishmovchiliklar, talablar va shartlar Fors ko‘rfazi davlatlari va arab tizimi yaxlitligi va boshqa bunday ziddiyatlar bo‘lmasligini kafolatlash maqsadida maxsus qo‘mitalar doirasida muhokama qilinadi va hal qilinadi”, deb aytgan manba.

4 dekabrda arab davlatlari va Qatar o‘rtasidagi nizoni hal qilishda vositachilik qilayotgan Kuvayt Fors ko‘rfazida yarashuvga erishish bo‘yicha sa'y-harakatlar doirasida “sermahsul muzokaralar” o‘tkazilganini e'lon qildi. O‘z navbatida, Qatar tashqi ishlar vazirligi ham Fors ko‘rfazi davlatlari bilan nizoni hal qilishda oldinga siljish borligini ma'lum qilgan.  

2017 yil yozida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va o‘zlarining ichki ishlariga aralashishda ayblab, rasmiy Doha bilan diplomatik munosabatlarni uzgandi. Buning ortidan Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport blokadasi kiritilgan. Jumladan, ushbu arab davlatlari Qatar aviatsiyasi uchun o‘z havo hududini yopgan.  

Mavzuga oid