O‘zbekiston elektr energiyasi umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 25 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2030 yilga qadar qayta tiklanadigan energiya (QTE) manbalari ulushini 25 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarda aytilgan.

Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, bugun mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 10 foizni tashkil etadi, qolgan 90 foizi an'anaviy manbalardan ishlab chiqarilmoqda.
“Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish maqsadiga erishish uchun qayta tiklanadigan manbalarning shamol va quyosh energiyasi kabi ustuvor turlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan texnologiyalarni o‘zlashtirish, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shamol energetikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston geografik joylashuvi va iqlim sharoiti bois ushbu yo‘nalishda ulkan salohiyatga ega.
O‘zbekiston QTE yo‘nalishini izchil rivojlantirish maqsadida shamol generatorlarini bunyod etish, ulardan foydalanish bo‘yicha raqobatbardosh shartlarni taklif qilayotgan yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
2020 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning «Masdar» kompaniyasi o‘rtasida investitsiyaviy shartnoma imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini (ShES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va undan foydalanishni ta'minlaydi.
Bu «Masdar» tomonidan respublikada amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik loyiha. O‘tgan yil oktyabr oyida kompaniya davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan. Loyiha bo‘yicha tegishli kelishuvlar 2020 yil yanvar oyida imzolangan.
“Energetika vazirligi mutaxassislari O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish loyihasini amalga oshirish 600 million dollardan ortiq miqdordagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 1 ming 300ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyatini berishini ta'kidlamoqda.
Elektr stansiyaning foydalanishga topshirilishi yiliga 1,8 gVt/soat miqdorida arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish hisobiga respublikaning energetika balansini diversifikatsiya qilish va mustahkamlashga imkon beradi. Bu 500 mingdan ziyod uy xo‘jaligining ehtiyojini qoplaydi, deganidir.
Zamonaviy QTE texnologiyalarini joriy etish elektr energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 million kub metrgacha kamaytirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu, shuningdek, tejab qolingan energiya resurslari boshqa ehtiyojlarga yo‘naltiriladi, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid sezilarli darajada (yiliga 1,1 million tonna) kamaytiriladi, degani”, — deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Qayd etilishicha, yangi obektni qurish ishlarini 2021 yil oxiriga qadar boshlash ko‘zda tutilmoqda. 2023 yil aprel oyida ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi bosqichi (250 MVt.gacha) va 2024 yil oxiriga qadar barcha quvvatlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Joriy yil sentyabr oyida «Masdar» kompaniyasi Navoiy viloyati Tomdi tumanida shamol salohiyatini o‘rganish uchun to‘rtta meteorologik ustun o‘rnatdi. Bu viloyatda 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.
Kelajakdagi shamol elektr stansiyasining qurilish maydonida shamol salohiyatini o‘rganish natijalari loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslash ishlarini yakunlashga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro moliya institutlari bilan kredit shartnomalari tuzish uchun asos bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vens: Rossiya muzokaralarda juda ko‘p narsa so‘ramoqda
Jahon | 12:46
-
Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 12:43
-
Tramp Kiyevning 30 kunlik sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 12:41
-
Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab tashkil qilinadi
O‘zbekiston | 12:12
Mavzuga oid

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

20:09 / 03.02.2025