Kegeyli tumani hokimi o‘zgardi

Bugun, 15 dekabr kuni xalq deputatlari Kegeyli tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Joqarg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berishicha, rais Murat Kamalov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Davletbay Utemuratov Kegeyli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
U bu lavozimda 2016 yil oktyabridan buyon ishlab kelgan Muratbay Abdirov o‘rnida ish boshladi.
Ma'lumot uchun, Davletbay Utemuratov 2010-2019 yillarda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlagan, 2019 yil mayida u ishdan olinib, uning o‘rnini Roman Jumaboyev egallagandi.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025