Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtiriladi - Prezident qarori
“Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Unga ko‘ra:
- pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil” xizmati joriy etiladi;
- “Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari soni 2 barobarga oshiriladi;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimi yaratiladi;
- respublikaning kamida 1000ta pochta bo‘limida, ayniqsa, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilish ikki barobarga kengaytiriladi hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
- olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yilda 42ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) pochta aloqasi korxonalarini transformatsiya qilish loyihalarini ko‘zda tutuvchi “Yo‘l xarita”lari amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
- 267ta pochta aloqasi bo‘limi binosi ta'mirlanadi;
- 110ta bino davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta quriladi;
- 326ta pochta aloqasi bo‘limigacha 754 km optik tolali aloqa liniyalari tortiladi;
- 250ta pochta aloqasi bo‘limi zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta'minlanadi;
- 42ta tuman pochta aloqasi bog‘lamasida “Gibrid pochta” jo‘natmalarini chop etish va unga ishlov bergan holda oluvchilarga yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi;
- 230ta pochta aloqasi bo‘limida bank xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
- 55ta qo‘shimcha pochta aloqasi bo‘limini ochish hisobidan 145ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
-
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 23:54 / 11.08.2025
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:51 / 11.08.2025
-
Erdo‘g‘an: BMT jiddiy islohotga muhtoj
Jahon | 23:40 / 11.08.2025
Mavzuga oid

11:47 / 07.08.2025
PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi

08:55 / 07.08.2025
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

11:04 / 28.07.2025