Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Fonogramma kerak» – «O‘zbekkonsert» direktori fonogrammadan to‘liq voz kechish haqidagi savolga javob berdi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Anvar Tojiboyevga ko‘ra, fonogrammani butkul yo‘qotish ilojsiz, ammo turli davlat tadbirlari va konsert dasturlarini jonli tashkil qilgan san'atkor va tashkilotchilar endilikda rag‘batlantirib boriladi.

Anvar Tojiboyev
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Anvar Tojiboyev san'atkorlarning turli bayram va konsert dasturlarida fonogrammada kuylashi va fonogrammadan voz kechish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Fonogrammadan voz kechish degan iboraning o‘zi noto‘g‘ri. Fonogramma o‘z-o‘zidan kerak. Bizda ijrochini doim ham jonli eshitish imkoniyati yo‘q. Radio bo‘lsin, televideniye bo‘lsin xonandani eshitish – bu fonogramma. Fonogramma esa bu birinchi navbatda tinglovchiga sifatni ta'minlovchi vosita.
Konsert dasturlari, bayram tadbirlarida fonogrammadan voz kechishga kelsak, bu boradagi qarashlar ham har xil. Masalan, rivojlangan davlatlarda ham ayrim davlat tadbirlarida fonogrammadan foydalaniladi. Buning sababi o‘sha dastur va kompozitsiyaning tuzilishida. Ya'ni, tadbir rejissyori o‘zi o‘ylagan ssenariyni tomoshabinga yetkazib berish uchun fonogrammani qoldiradi. Bu televideniye uchun olinadigan loyihalarda ham ketma-ketlikni ta'minlash uchun qilinadi.
Biz endilikda jonli ijroda kuylovchi san'atkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun prezident farmoni bilan jonli ijroda konsert berayotgan ijrochilarga konsert saroyining ijara haqidan 50 foizli imtiyoz berish tartibini yo‘lga qo‘ymoqdamiz», – degan u 15 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Anvar Tojiboyevning qo‘shimcha qilishicha, «O‘zbekkonsert» bu borada prezident administratsiyasiga jonli ijrodagi konsert dasturlarini tashkil qiluvchi tashkilotchilarga faoliyati davomida turli soliq imtiyozlarini berish yoki ma'lum subsidiyalar ajratishni ko‘zda tutuvchi taklif bilan chiqqan.
«O‘ylashimcha, bu takliflar ma'qullangudek bo‘lsa, ijodkorlarning o‘zi jonli ijroda konsert berishni xohlab qolishadi», – deya Tojiboyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:29 / 09.04.2025
Konsertlarda fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi

12:39 / 09.10.2023