Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM talabalari va xodimlari qo‘shma qaror asosida gidroksixloroxin qabul qiladi
Oliy ta'lim maskanlari o‘z hisoblaridan xodimlar va talabalar uchun gidroksixloroxin va rux preparatlari sotib oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirlari Abduhakim Hojiboyev va Inomjon Majidov talabalar va OTM xodimlarini pandemiya davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalashga oid qo‘shma qarorni imzolagani to‘g‘risidagi hujjat ommaga tarqatildi.
Qarorga ko‘ra, ta'minotchi korxona bo‘lgan «Dori-darmon» AKdan profilaktika maqsadida gidroksixloroxin va sink (rux) preparatlarini xarid qilish majburiyati belgilangan. Shu bilan birga, kasallik belgilari aniqlangan holda qo‘shimcha dorilar asosida davolash zarurligi bildirilgan.
Qarorning ahamiyatli jihati - unda bu preparatlarni sotib olish uchun zarur xarajatlar OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.
Ma'lumki, gidroksixloroxin asosli plakvenil dori vositasi bo‘yicha ko‘p bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bu qarordagi talabalar va xodimlarga berilishi mo‘ljallangan preparat ham aynan plakvenildir. O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi avj olgan iyul-avgust oylarida bu preparat bir necha marta davolash protokoliga kiritilgan va olib tashlangan edi.
Bu dori vositasi haqida so‘z yuritgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Anvar Alimov gidroksixloroxin mavzusi – siyosiy masala ekanligini, shtabning yana bir a'zosi Habibullo Oqilov esa O‘zbekiston «Plakvenil» masalasida JSST tavsiyasiga emas, o‘z tajribasiga asoslanayotganini ta'kidlagandi.
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Klara Yodgorova gidroksixloroxinning samarasiz ekani haqida fikr bildirgani uchun tahdidga uchraganini ma'lum qilgandi.
Shu bilan birga, pandemiya davrida plakvenil preparati bo‘yicha katta hajmda davlat xaridi amalga oshirilgani to‘g‘risida ma'lumotlar bor.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

21:10 / 09.01.2021
Yangi tartib bo‘yicha talabalar qancha miqdorda stipendiya oladi?

10:49 / 25.12.2020
SSV: Vazirliklar qo‘shma qarori talabalar va pedagoglar salomatligini o‘ylab qabul qilingan

19:16 / 24.12.2020
Shodmonov Trampning maqtovidan keyin gidroksixloroxinni sotib olish masalasi ko‘rila boshlanganini aytdi

10:59 / 22.12.2020