Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va uning o‘rinbosari Oleg Gridnevga prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan ta'sis etilgan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni topshirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli yo‘nalishlar, shu jumladan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik faollashmoqda. Tibbiyot xodimlari uchun muntazam ravishda o‘tkazilayotgan konferensiyalar, o‘quv kurslari, amaliyotlar, tajriba almashish va o‘zaro yordam yangi koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan og‘ir epidemiologik vaziyatda birdamlikning yaqqol ifodasi bo‘lgan.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qisqa vaqt ichida o‘zbekistonlik hamkasblariga koronavirusga qarshi kurashishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish uchun 75 nafar yetakchi tibbiyot mutaxassisini yubordi.
Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati bilan hamkorlikda O‘zbekistonga 1400ta to‘plam test tizimlarini taqdim etdi. Bu virusni o‘z vaqtida aniqlash va koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘mak berdi.
Vazir Mixail Murashko mukofot uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida samarali hamkorlik qilish, shu jumladan, O‘zbekistonda Rossiya universitetlari filiallarini ochishga umid bildirdi, deyiladi xabarda.
“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 26 maydagi farmoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan shaxslar va xorijiy fuqarolarni taqdirlash maqsadida ta'sis etilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya: HAMAS qurollarini tashlasa, G‘azodagi urush tugaydi
Jahon | 07:50
-
Yer qa’ridan foydalanishda davlat tomonidan tartibga solish qoidalari o‘zgardi
O‘zbekiston | 07:44
-
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi
Jahon | 07:41
-
Davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash qanday amalga oshiriladi?
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

19:35 / 28.05.2021
Shavkat Mirziyoyev Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

13:52 / 28.05.2021
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonga keldi

07:56 / 05.03.2021