AES bo‘yicha shartnoma deyarli tayyor, faqat texnik jihatlari qoldi - Rossiya elchisi
Mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma «deyarli tayyor holatga keltirilgan», faqat texnik jihatlari qolmoqda, deb xabar berdi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

Gazeta.uz’ning yozishicha, Vladimir Tyurdenev hozirda qo‘shimcha masalalar ustida ish olib borilayotganligini ta'kidlagan. Xususan, AES uchun suv sarfini kamaytirish masalasi muhokama qilinayotganligi aytildi.
AES qurilishi bo‘yicha shartnomani qabul qilish 2019 yilning oxiriga rejalashtirilgandi. 2020 yilning boshida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydonchada qurilish ishlari boshlanishi kerak edi.
Mavzuga oid

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

11:35 / 12.06.2025
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi

22:10 / 01.06.2025
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti

23:46 / 27.05.2025