A Seriya. «Jyenoa» «Latsio» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi, Shomurodovdan golli uzatma
Italiya A Seriyasi 15-turi doirasida «Jyenoa» klubi o‘z maydonida Rimning «Latsio» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Getty Images
Uchrashuvning 15-daqiqasida VAR orqali belgilangan penaltini rimliklar goleadori Chiro Immobile golga aylantirib mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.
Ikkinchi bo‘limda Pyatsa o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov o‘yinda burilish yasay oldi. Aynan o‘zbekistonlik hujumchi ajoyib reydni amalga oshirib, to‘pni chiroyli uzatma bilan Destroga yetkazdi va u hisobni tenglashtirdi – 1:1.
O‘yin yakuniga qadar Eldorning o‘zida ham hisobni o‘zgartirish imkoniyati bo‘lsa-da, yakunda uchrashuv durang natija bilan tugadi.
Qo‘lga kiritilgan bir ochkoga qaramay, «Jyenoa» 11 ochko bilan 19-o‘ringa tushdi, «Latsio» esa 22 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 15-tur.
Jyenoa – Latsio 1:1
Gollar: 0:1 – 15, penalti Immobile, 1:1 – 58 Destro.
Jyenoa – Perin, Dzappakosta, Masello, Sapata (Radovanovich, 33), Chiborra, Rovella (Zayts, 46), Behrami (Lerager, 73), Pyatsa (Shomurodov, 46), Badel, Krishito, Destro (Skamakka, 61).
Latsio – Reyna, Acherbi, Gabarron (Luis Felipe, 46), Radu, Latssari, Leyva (Eskalante, 69), Marushich, Milinkovich-Savich (Muriki, 81), Luis Alberto (Akpa-Akpro, 89), Kaysedo (Pereyra, 81), Immobile.
Mavzuga oid

11:37
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

17:11 / 24.03.2025