Prezident kulolchilik buyumlarini aholi orasida ommalashtirish kerakligini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini borib ko‘rgandi.

«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, prezident hunarmandlar bilan suhbatda endi kulolchilik buyumlarini asrab-avaylash haqida emas, balki Rishton kulolchiligini aholi orasida ommalashtirish kerakligi haqida o‘ylash lozimligini aytib o‘tgan. U endi nafaqat ko‘rgazmalar yoki muzeylarda, balki xonadonlarda ham ko‘zlarni quvnatib turishi kerak, deyiladi ko‘rsatuvda.
«Bu ham ma'naviyat, bu ham ma'rifat, bu ham tarix, bu ham madaniyat. Biz madaniyatni, urf-odatimizni o‘zimizdan boshlashimiz kerak-ku? Yoki noto‘g‘rimi? Mening uyimda ham yo‘q bu sopol. Hayotimizga, ro‘zg‘orimizga kirita olmadik», - dedi davlat rahbari.

Kulollarga aylanma mablag‘ va imtiyozlar berish, boshqa hududlarimizda do‘konlar ochishiga ko‘maklashish, mamlakatimizning xorijdagi elchixonalarida ko‘rgazma-savdo rastalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

23:57 / 11.06.2025
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin

21:27 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi

17:35 / 11.06.2025