AKT vaziri: uch yilda 191 ta ixtisoslashtirilgan AKT maktablari ochiladi
Bugun, 13 fevral kuni poytaxtdagi IT Park'da axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov soha tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Foto: AKT vazirligi
Ochiq muloqotda vazirlik oldida turgan dolzarb vazifalar va rejalar haqida so‘z bordi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi muvofiq 2020 yilda 14 ta ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari tashkil etildi va jihozlandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda soha tizimidagi korxona va tashkilotlar homiy sifatida biriktirildi va 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Shuningdek, 2021 yilda – 82 ta, 2022 yilda – 64 ta va 2023 yilda – 45 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati
Mavzuga oid

14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi

13:10 / 07.02.2024
Shuhrat Sodiqov bosh vazir kotibiyati rahbari etib tayinlandi

13:30 / 02.01.2024
O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda

16:04 / 19.11.2023