Propiska tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlardan keyin 80 mingdan ortiq kishi Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan
2020 yil 22 apreldagi prezident farmoni qabul qilinganidan so‘ng, 102 ming 250 nafar fuqaro poytaxt va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan.
4 mart kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olishga oid 2020 yilgi axboroti dastlabki tarzda muhokama qilindi. Unda ishtirok etgan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aziz Ikromov propiska tizimi isloh qilinganidan keyingi raqamlarni ma'lum qildi.
Qabul qilingan ikkita qonun va bitta prezident farmoni bilan poytaxt mintaqasi – Toshkent shahar va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotib olishda doimiy propiska talabining bekor qilinishi minglab fuqarolarning doimiy propiskaga ega bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytib o‘tildi. Xususan, «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilingan sana – 2020 yil 22 apreldan keyin jami 102 ming 250 nafar, shundan Toshkent shahrida 84 ming 190 nafar va Toshkent viloyatida 18 ming 60 nafar fuqarolar doimiy ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid

09:15 / 15.06.2025
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti

16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

16:47 / 24.01.2025