Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda ham jamoat transportida niqobsiz yurish taqiqlandi
Buxoro viloyati transport boshqarmasi jamoat transportlari va yo‘nalishsiz taksilarda niqobsiz harakatlanish man etilishi, tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qat'iy choralar qo‘llanilishini ma'lum qildi.
Boshqarma fuqarolarni jamoat transportlari va yo‘nalishsiz taksilar xizmatlaridan foydalanganda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan karantin qoidalariga qat'iy rioya etishga, niqob taqish hamda jamoat transportlari salonida ijtimoiy masofani saqlashga chaqirgan.
«Tajribadan kelib chiqqan holda faqatgina ijtimoiy masofaga va majburiy niqob taqish rejimiga qat'iy rioya qilinishi kasallanish tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Infeksiya tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish, unga qarshi mustahkam turish maqsadida fuqarolarni yuqorida aytib o‘tilgan talablarga so‘zsiz va qat'iy amal qilishga chaqiramiz», deyiladi xabarda.
Shuningdek, joylarda haydovchilar bilan karantin qoidalariga rioya etish, harakat xavfsizligini ta'minlash, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilarni tashimaslik masalalarida ko‘rsatma va tushuntirishlar berilgani qayd etilgan.
Avvalroq Qashqadaryoda jamoat transportida niqobsiz yurish taqiqlangani xabar qilingandi. Toshkentda ham jamoat transportida karantin talablariga rioya qilish kuchaytirilgan.
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025