O‘zbekiston | 16:17 / 05.04.2021
4439
1 daqiqa o‘qiladi

7 apreldan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi

Joriy yilning 5 aprel kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida 2020-2021 yildagi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, qarorga muvofiq 7 apreldan Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvchilar uchun isitish mavsumi yakunlanadi.

Qayd etilishicha, shundan so‘ng navbatdagi, 2021-2022 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari belgilangan tartibda boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi qaroriga asosan 2020 yil 15 oktyabr kunidan poytaxtda isitish mavsumi boshlangandi.

Isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda – ijtimoiy soha obektlarida (maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida), ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma'muriy binolarda.

Mavzuga oid