Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMU dekan o‘rinbosari talabalardan o‘qishga ro‘molda kelmaslikni talab qilgani uchun uzr so‘radi
O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Ravshan Omonov ro‘molli qizlarni o‘qishga ibodat libosida kelishda ayblagani uchun keng jamoatchilikdan uzr so‘rab chiqdi.
«Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savolga javob shuki, bu ishlarni bajarishga hech kim meni majbur qilmagan. Biror bir tashkilot yoki [universitet] rahbariyati tomonidan topshiriq bo‘lmagan. Bu o‘zimni yosh kadr sifatida, kasbiy malakam yetishmasligi oqibati deb bilaman. Shuning uchun shu xatolikka yo‘l qo‘ydim.
Alhamdulillah, musulmonman. Aytmoqchimanki, videodan, mo‘min-musulmonlardan olgan sabog‘im shu bo‘ldiki, men xato qildim va buni tan olaman. Buning uchun keng jamoatchilik va barcha dindoshlarimdan ojizona uzrimni so‘rayman», – deydi Ravshan Omonov YouTube'dagi Jsultonoff kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni Omonov talabalar bilan o‘tkazgan majlisda yashirin yozib olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Majlisda dekan o‘rinbosari talaba qizlarga universitet hududiga ibodat libosida kelish mumkin emasligi, bunday kiyingan qizlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘rilishini bildirgan.
Shuningdek, u talabalarga bu tartib to‘g‘ri kelmasa, universitetdan ketishni taklif qilgan.
Jamoatchilikning keskin noroziliklaridan so‘ng Ravshan Omonov Facebook sahifasida va izohlarda o‘zining shunchaki topshiriq ijrochisi ekanini va ro‘molga qarshi emasligi, buyruqni bajarayotganini yozib chiqdi. Lekin bir qancha vaqtdan so‘ng postini ham, izohini ham o‘chirib tashladi.
Vaziyatga izoh bergan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va O‘zMU rektorati Ravshan Omonovga talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash bo‘yicha ular tomonidan hech qanday topshiriq berilmaganini ma'lum qildi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Kamoliddin Mirzaahmedov ishga doir barcha holatlar aniqlangach, O‘zMU jamoatchilik oldida ochiq hisobot berishini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

20:17 / 22.01.2022
Jamoat joyida ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda

13:31 / 10.07.2021
“Jamoat joyida yaktak kiygani uchun javobgarlikka tortilgan holatlar ham bo‘lgan” - Davletov ibodat libosi tushunchasi qonundan chiqarilgani haqida

16:14 / 08.07.2021
Xalq ta'limi vazirligi maktab formasi bo‘yicha talablar o‘zgarmaganini eslatdi

21:04 / 05.04.2021