Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudda onlayn tartibda ko‘rib chiqish boshlandi
Prezidentning «Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi farmonida jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirish bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Jumladan, ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish ham asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda Xorazm viloyatida ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudlarda onlayn tartibda ko‘rib chiqish amaliyoti test rejimida yo‘lga qo‘yildi.
Bunda ishga aloqador tomonlar profilaktika inspektorining mahallada joylashgan xizmat xonasidan turib sudda onlayn ishtirok etmoqda. Bu fuqarolarning ortiqcha sarf-xarajati va sarson bo‘lishining oldini olishi bilan birgalikda, profilaktika inspektorining kun davomida xizmat hududi hisoblangan mahallada bo‘lishini ta'minlamoqda.
Xorazm viloyatida ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni onlayn tartibda ko‘rib chiqish amaliyoti qisqa muddatda barcha tumanlarda to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun profilaktika inspektorlari xizmat xonalarini texnik jihozlash ishlari boshlab yuborilgan.
Mavzuga oid

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

14:39 / 24.07.2025