Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Xo‘jayev Turkiy kengash doirasidagi axborot bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Joriy yil 9 aprel kuni Ozarboyjon poytaxti Bokuda Turkiy kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yig‘ilish o‘z ishini boshladi. Unda prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asad Xo‘jayev rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Mazkur yig‘ilishda axborot va media sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, o‘zaro tajriba almashish, xususan, kengashga a'zo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar, o‘quv-kurslari, press-turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etilmoqda.
Tashrif doirasida, bugun Asad Xo‘jayev Ozarboyjon Milliy kutubxonasi direktori Karim Tohirov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda axborot-kutubxonachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda jahon tajribasini joriy etish kabi muhim masalalarda fikr almashildi.
Kunning yana bir muhim uchrashuvi Ozarboyjon prezidentining yordamchisi – prezident administratsiyasi Tashqi siyosat bo‘limi mudiri Hikmat Gajiyev bilan o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida axborot va media sohasidagi hamkorlik muhim masalalardan biri ekani ta'kidlandi.
AOKA rahbari, shuningdek, “Ozarboyjon televideniye va radioeshittirishlari” YoAJ raisi Ravshan Mamedov bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida tele-radio sohasidagi zamonaviy, ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanish, ikki mamlakat jurnalistlarining o‘zaro tajriba almashishi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bundan tashqari, Asad Xo‘jayev Turkiy kengash bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan ham uchrashdi va O‘zbekiston hamda kengashga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 11.11.2022
Foto: Samarqandda birinchi xonimlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi

15:40 / 11.11.2022
Tilni hurmat qilmagan o‘zimiz – Turkiy davlatlar tashkilotidagi brifingda nutq rus tiliga tarjima qilib uzatildi

11:13 / 11.11.2022
Berdimuhamedov: “Maxtumqulining 300 yilligini keng nishonlaymiz. Ishonamanki, Turkiy tashkilot a’zolari bunda faol ishtirok etadi”

11:10 / 11.11.2022