Surxondaryoda o‘g‘irlangan «Damas» «so‘yilgan» holda topildi. Uni olib qochgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida «Muzrabot» dehqon bozorining yonida turgan «Damas» o‘g‘irlab ketilgan. Tezkor-qidiruv natijasida mashina Angor tumani hududida «so‘yilgan» holda topilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 11 aprel kuni 37 yoshli Toshpo‘lat M., Muzrabot tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida 11 aprel kuni soat 07:30da o‘ziga tegishli «Damas»ni «Muzrabot» dehqon bozorining yonida qulflangan holatda qoldirib, soat 11:30da qaytib chiqqanida mashinasi joyida yo‘qligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida «Damas» 12 aprel kuni tungi soat 1:30da Angor tumani hududida shikastlangan va ehtiyot qismlari yechib olingan holatda topilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Muzrabot tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir qilgan 22 yoshli Safarmurod E. ushlangan. Aniqlanishicha, u «Damas»ning eshigini 50 santimetrli sim yordamida ochgan. So‘ng mashina simlarini tutashtirish orqali harakatga keltirgan va minib ketgan. U o‘ziga tegishli mashinaning ehtiyot qismlarini yangilash maqsadida «Damas»ni olib qochganini va ehtiyot qismlarini yechib olganini aytgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda qum bo‘ronlari sabab 800 dan ortiq odam shifoxonalarga murojaat qildi
Jahon | 04:48
-
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
Jahon | 00:12
-
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
Jahon | 23:30 / 04.05.2025
-
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
Jahon | 22:44 / 04.05.2025
Mavzuga oid

18:11 / 26.11.2024
Surxondaryoda yuqori sinflar uchun maktab binosi hokimlik aybi bilan bitkazilmayapti

16:15 / 25.09.2024
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi

09:44 / 27.05.2024