AQSh aviakompaniyalariga Rossiya va Ukraina ustidan parvoz qilayotganda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilindi
Kiyev, Dnepr va Simferopol hamda ulardan 100 dengiz milyasi masofada joylashgan Moskva va Rostov-Don uzra parvoz qilayotganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etilgan.

Foto: TASS
AQSh federal aviatsiya boshqarmasi Amerika aviakompaniyalariga Rossiya va Ukrainaning ayrim hududlari ustidan parvoz qilayotganda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Qayd etilishicha, Kiyev, Dnepr va Simferopol hamda ulardan 100 dengiz milyasi masofada joylashgan Moskva va Rostov-Don uzra parvoz qilayotganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etilgan.
Ushbu tavsiya Amerikaning barcha aviatashuvchilari va tijorat operatorlariga taalluqli.
Ta'kidlanishicha, mazkur tavsiya Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mintaqaviy keskinlik chegaraviy to‘qnashuvlarga aylanib ketishi ehtimoli sababli e'lon qilingan.
Avvalroq Kanada Ukraina ustidan parvoz qilish xavfli ekani to‘g‘risida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid

10:25 / 15.06.2025
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025