Samarqandda kinoteatr qurish sharti bilan 25 sotix yer imtiyozli tarzda beriladi

Foto: KUN.UZ
Samarqandda kino sanoatini rivojlantirish uchun tadbirkorlarga imtiyoz beriladi. Bu haqda Samarqandda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida «O‘zbekkino» milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov ma'lum qildi.
«O‘zbekkino» rahbariga Samarqandda kinoni rivojlantirish uchun nimalar qilinayotgani haqida savol berildi. Abduxoliqovning aytishicha, Samarqandda majud 12 ta kinoteatrdan 3 tasi davlat tasarrufida va ularni ham xususiylashtirish masalasi ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Abduxoliqov Samarqanddagi tumanlarda tadbirkorlarga kinoteatr qurish sharti bilan 25 sotix yer imtiyozli tarzda beriladi. Ya'ni tadbirkorlarga ko‘ngilochar majmua qurish uchun 25 sotix yer hamda 50 million so‘m mablag‘ imtiyozli tarzda ajratiladi va yagona shart sifatida doimiy ishlaydigan uchta zaldan iborat kinoteatr quriladi.
Samarqanddagi shaharlarda esa bunday loyihalar ikkitadan amalga oshiriladi. Aziz Abduhakimov bu loyiha o‘zini oqlasa, Samarqand tajribasi sifatida boshqa hududlarda ham amalga oshirilishini aytdi. Turizm va sport vaziri bu taklif tadbirkorlar uchun qiziqarli bo‘lishini ta'kidladi.
Mavzuga oid

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025