Turkiya kurd kuchlariga qarshi navbatdagi amaliyotni boshladi
Turkiya kurd kuchlariga qarshi yangi harbiy amaliyotni boshladi. Turkiyada taqiqlangan Kurd ishchi partiyasining Iroq bilan chegaradosh Hakkari shahridagi obektlariga artilleriya qurilmalari va F-16 qiruvchi samolyotlaridan zarba berildi.

Amaliyotni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar boshqarmoqda. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zarbaga uchrayotganlarni «terrorchilar» deb atab, ulardan ko‘pi yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Turkiya Iroqning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini ta'kidlab o‘tgan. Iroq ushbu hodisalarga hozircha izoh bermagan. Avvalroq rasmiy Bag‘dod Anqara o‘z amaliyotlari bilan Iroqning suverenitetiga putur yetkazayotganini bir necha marotaba aytib o‘tgandi.
Turkiya fevral o‘rtasida Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi navbatdagi harbiy amaliyotini yakunlagandi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Anqara o‘z amaliyotlaridan nafaqat terrorchilarga qarshi kurashni, balki unga Iroq Kurdistonini chetlab o‘tishga imkon beradigan yangi yo‘nalishlarni topishni ko‘zlamoqda.
Mavzuga oid

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025