Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shinlarni chegaradan uzoqroqqa olib ketishga kelishib oldi
Qamchibek Toshiyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat chegarasidagi vaziyat 30 aprel oqshomiga qadar to‘liq barqarorlashadi.

Qirg‘iziston va Tojikiston kun davomida qo‘shinlarni chegaradan uzoqroqqa olib ketishga kelishib oldi
Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Qamchibek Toshiyev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda 24.kg.
"Toshiyev bugun barcha qo‘shinlar chegara chizig‘idan olib ketilishini aytdi", - deyiladi xabarda.
Toshiyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat chegarasidagi vaziyat 30 aprel oqshomiga qadar to‘liq barqarorlashadi. U shuningdek, qirg‘iz-tojik chegarasini demarkatsiya va delimitatsiya qilish ishlari tez vaqt ichida yakunlanishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprelda chegarada yuz bergan mojaro ikki davlat harbiylarining og‘ir qurol qo‘llangan holdagi to‘qnashuvlariga aylanib ketdi. Ikki tomon o‘rtasidagi mojaroga suv taqsimlash bilan bog‘liq bahs sabab bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar vaqtida Qirg‘izistonning 13 fuqarosi halok bo‘ldi, 134 nafari jarohat oldi.
Tojikiston mojaro vaqtida o‘z tomonidan necha kishi yaralangani va halok bo‘lgani bo‘yicha hali oxirgi ma'lumotlarni keltirmagan. 29 aprelda Tojikistonning 3 fuqarosi halok bo‘lgani, 31 nafari jarohatlangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

16:52 / 29.04.2025