Viloyat hokimi "konteyner" uyi joylashgan mahalladagi maktab bitiruvchilarini tabrikladi

Bugun Yangi Namangan tumanidagi 65-umumta'lim maktabida bitiruv tadbiriga viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tashrif buyurib, bitiruvchilarni tabrikladi.
"Bunyodkor" mahallasida joylashgan 65-umumta'lim maktabida 95 nafar bitiruvchi mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ta'lim dargohining namuna bo‘lgan bitiruvchilar va fidoyi ustozlar viloyat hokimining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Saytimizda 75 km uzoqlikdan kelib dars berayotgan Munisa Meliboyeva haqida maqola e'lon qilgan edik. Unga ham viloyat hokimi tomonidan noutbuk topshirildi.
Ma'lumot o‘rnida; yakuniga yetayotgan o‘quv yilida viloyatda 36564 nafar bitiruvchi maktabni tamomlamoqda. Ularning 409 nafari muddatidan avval xorijiy davlatlardagi eng nufuzli oliy ta'lim muassasalari talabaligiga qabul qilingan.
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025