«Barselona» Agueroning transferini e'lon qildi
Hujumchi Serxio Aguero erkin agent sifatida «Barselona»ga o‘tdi. Bu haqda ispan klubi xabar qildi.

Kataloniyaliklar argentinalik 32 yoshli futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolashdi va uning tovon pulini 100 mln yevro etib belgilashdi.
AGÜEROOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOO pic.twitter.com/LHIsGVRzsV
— FC Barcelona (@FCBarcelona_es) May 31, 2021
Aguero 2006-2011 yillarda Madridning «Atletiko» klubida o‘ynagan. U so‘nggi 10 yilni «Manchester Siti» safida o‘tkazgan. Uning shartnomasi 2021 yil 30 iyuniga qadar tuzilgandi va manchesterliklar bu shartnomani uzaytirishni istashmadi.
Aguero «Manchester Siti» bilan besh bor Angliya chempioni bo‘ldi, besh marta Angliya Kubogini, uch marta Angliya Superkubogini va olti marta Angliya Ligasi Kubogini qo‘lga kiritdi. U «shaharliklar» uchun jami 390 o‘yin o‘tkazib, 260 gol urgan va 73 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025