Qashqadaryoda 4 yoshli farzandini 25 million so‘mga sotayotgan ayol ushlandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 4 yoshli bolani sotayotgan ikki ayol qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ulardan biri bolaning onasi, ikkinchisi onaning tanishi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat IIB, Shahrisabz tumani IIB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda ikki nafar ayol, asli chiroqchilik Shahrisabz shahrida vaqtincha yashovchi 35 yoshli va Kitob tumanidan bo‘lgan, vaqtincha Shahrisabz shahri «Laylakon» MFYda yashovchi 43 yoshli yoshli ayol 4 yoshli bolani Shahrisabz tumani «Loliston» MFY hududida joylashgan oshxonada xaridorga 25 million so‘m evaziga sotayotganda qo‘lga olingan.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, bola 35 yoshli chiroqchilik ayolning farzandi bo‘lgan. Qayd etilishicha, mazkur ish yuzasidan Shahrisabz tuman IIB tomonidan tegishli moddalar bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

17:58 / 08.11.2024
Qashqadaryoda 28 yoshli ayol antibiotikdan keyin vafot etdi

08:32 / 11.07.2024
Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol 7,5 yilga qamaldi

19:06 / 16.01.2024
Qashqadaryoda yana bir erta unashtiruv to‘xtatildi

10:13 / 28.08.2022