Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada viza turlari va bu borada o‘zbekistonliklar uchun talablar qanday?
UzbekLife kolumnistlari xorijiy mamlakatlar vizalari mavzusidagi turkum maqolalarni tayyorlashda davom etadi.

Ushbu maqola orqali ko‘plar uchun qiziq bo‘lgan “Zarang bargi yurti” viza turlari, ularni olish tartibi va kerakli hujjatlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Kanada 3 toifadagi migrantlarni kutib olishga tayyor. Bularga iqtisodiy, oilaviy, qochqinlar va gumanitar toifadagilarni keltirish mumkin.
Malakali ishchilar Kanada yuqori turmush tarzini rivojlantirish uchun iqtisodiy toifa doirasida qabul qilinadi. Kanada aholisining aksariyat qismini o‘rta yoshdan oshgan qatlam tashkil qiladi, tug‘ilish darajasi esa past. Shu ikki holat sabab mamlakat malakali ishchilar tashrifidan xursand bo‘ladi. Chunki aynan ular ishchi kuchi va iqtisodiy o‘sishni ta'minlab beradi. Malakali ishchilar til o‘rganib, kasbiy malaka va ish tajribasiga ega bo‘lib, muhimi muvaffaqiyatga erishishni niyat qilib mamlakatga kirib keladi. Shuning uchun ham ular Kanadaning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy xizmatlarida (ta'lim, sog‘liqni saqlash) muhim rol o‘ynaydi.
Ikkinchi katta migrantlar toifasi – oilaviy homiylik yordamida keladiganlar. Kanada o‘z fuqarolarining yaqinlarini (boshqa mamlakatdan tanlagan juftlarini) va doimiy rezidentlarni iliqlik bilan kutib oladi. Chunki mustahkam oila Kanada jamiyati va iqtisodiyotining asosidir. Yaqin oila a'zolarning Kanadada hayot qurishi jamiyat va iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan hissiy yordamni beradi.
Uchinchi eng katta toifa – qochoqlar va gumanitar maqsadda tashrif buyuruvchilar. Dunyoning eng imtiyozli davlatlaridan biri sifatida Kanada ta'qib va boshqa qiyinchiliklardan qochganlarning xavfsizligini ta'minlashga harakat qiladi.
Malakali ishchilar Kanadaga qanday kiradi?
Immigratsiya darajalari rejasiga ko‘ra, Kanada har yili 400 ming nafar immigrant qabul qiladi. Shulardan 60 foizi malakali ishchilar hisoblanadi. Malakali ishchilar Kanadaga asosan Express Entry tizimi orqali kiradi. Ikkinchi yo‘li Provinsial nomzod dasturi (PNP), undan so‘ng Kvebekning malakali ishchi dasturlari va bir qator boshqa federal dasturlar.
Malakali ishchilar Kanadaga oilasi bilan ko‘chib o‘tishi mumkin
Malakali ishchilar Kanadaga kelayotganda yaqin oila a'zolarini ham o‘zi bilan birga olib kelishi mumkin. Bu oila a'zolariga ham doimiy rezident maqomi beriladi.
Yaqin oila a'zolariga kimlar kiradi?
- Turmush o‘rtog‘ingiz;
- Qaramog‘ingizdagi farzandlaringiz;
- Turmush o‘rtog‘ingizning qaramog‘idagi farzandlari;
- Qaramog‘ingizdagi farzandlaringizning qaramog‘idagi farzandlari.
Qaramog‘ingizdagi farzand:
- 22 yoshdan oshmagan va turmush qurmagan bo‘lishi lozim;
- 22 yoshdan oshgan va jismoniy yoki ruhiy holatiga ko‘ra ota-onasiga moliyaviy qaram bo‘lishi kerak.
Express Entry
Iqtisodiy toifadagi migrantlar asosan Express Entry tizimi orqali Kanadaga kiradi. Bunda nomzodlar federal hukumatning veb-saytiga profilini yuklaydi. So‘ng ular yoshi, ma'lumoti, til bilish darajasi va ish tajribasiga ko‘ra baholanadi. Taxminan har ikki haftada Immigratsiya, qochoqlar va Kanada fuqaroligi markazi yuqori ball olgan nomzodlarni doimiy yashash uchun ariza yozishga taklif etadi. Doimiy rezidensiyani olish jarayoni 6 oygacha davom etadi.
Provinsial nomzod dasturi (PNP)
Kanadaning har bir provinsiyasining (Kvebek va Nunavutdan tashqari) alohida PNP sayti bor. Har bir provinsiya o‘zining baholash tizimi va kriteriyasini o‘zi ishlab chiqadi. Bunda profil yaratishingizga hojat qolmaydi. Mazkur dastur orqali provinsiyalar Kanadaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan nomzodlarni tanlaydi. Nomzod ham muayyan provinsiyani ko‘rsatadi.
Kvebek immigratsiyasi
Kvebekning alohida immigratsiya dasturlari bor. Dasturga qabul qilingan nomzodlarga Quebec Selection Certificate yoki Certificat de sélection du Québec (CSQ) beriladi. Ushbu hujjat Kvebek immigratsiya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Mazkur sertifikatni olish uchun Kvebekning quyidagi dasturlaridan biriga ariza topshirishingiz kerak:
Kvebek malakali ishchi dasturi (QSWP) Kvebekka ko‘chib o‘tib, doimiy yashashni istovchilar uchun.
Kvebek tajriba dasturi (PEQ) Kvebekda o‘rta maktabni tugatgan xalqaro talabalar orasida mashhur. Bu dasturga provinsiyada tajriba o‘tagan xorijlik malakali ishchilar ham hujjat topshirishi mumkin.
Biznes immigratsiya dasturlari Kvebekda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek, provinsiyada immigrant investor sifatida doimiy yashashni istovchi shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Oila homiyligi vizasi
Kanada hukumati oilalarning birga yashashini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun Kanada har yili 100 ming yangi immigrantning oilasi bag‘riga kelib yashashiga imkon beradi.
Kanada fuqarolari va doimiy rezidentlari turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va bobo-buvisi hamda qaramog‘idagi farzandlarini homiylikka oladi. Ya'ni ularning moliyaviy ta'minotchisi hisoblanadi. Masalan, ularga ijtimoiy yordam kerak bo‘lsa, homiylikka olgan odam to‘lovini amalga oshiradi.
Eslatma: Kanada sizning ma'lumotingizni va ish tajribangizni qadrlaydi. Agar magistr yoki PhD darajaga ega bo‘lsangiz, Kanada mehnat bozorida imkoniyatlaringiz kengayadi.
Vizani rasmiylashtirish
Kanadada vaqtincha yashash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar quyidagi holatlar bilan bog‘liq ma'lumotlarni isbotlovchi hujjatlar taqdim etishi kerak:
- jiddiy kasalliklari yo‘qligi;
- Kanada uchun xavfsiz migrant ekani;
- muqaddam sudlanmagani;
- Immigration and Refugee Protection Act talablariga javob berishi lozim.
Kanadada yashash huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘zbekistonliklardan quyidagilar talab qilinadi:
1. Pasport.
2. Mamlakatda yashashi uchun yetarli mablag‘i, oila a'zolarini ham ta'minlashi. Summa Kanadada bo‘lish davrida boshqariladi.
3. O‘zbekiston bilan aloqada bo‘lishi.
Immigrantlar, shuningdek, Kanadaga kirishdan avval viza muddati tugashi bilan darhol mamlakatdan chiqib ketishiga kafolat beradi.
Rasmiy ishda ishlamaydigan o‘zbekistonliklar Kanadaga viza ololmaydi.
Vizani rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar
2019 yil Kanada hukumati qanday turdagi vizani olishidan qat'i nazar, taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqladi:
- Anketa: Kanadaga viza olmoqchi bo‘lgan shaxs haqida ma'lumotlar;
- Xorijga chiqish pasportidan nusxa: kattalarga ham, bolalarga ham;
- Pasport nusxasi;
- Foto 3,5x4,5 sm – 2 dona;
- So‘nggi 10 yillikdagi sayohatlar tarixi tushirilgan pasport shtamplari, vizalar;
- Moliyaviy holati haqida ma'lumot: rasmiy ish joyidan oyligi haqida ma'lumotnoma, bank hisobraqamidan ko‘chirma;
- O‘zbekistonga qaytishni isbotlovchi hujjatlar: o‘z biznesiga egaligi, o‘qish joyi;
- Kanadaga kelishdan maqsadi bayon qilingan xat;
- Ish beruvchi, qarindosh, do‘st, turmush o‘rtoqdan taklif (mazkur munosabatlarning isboti bilan).
Taqdim qilinadigan hujjatlarning barchasi ingliz va fransuz tiliga o‘girilgan bo‘lishi kerak. Anketa bosma harflarda to‘ldiriladi. Tarjimalarni tarjimonlar byurosi tasdiqlaydi. So‘rovnomani to‘ldirayotganda migrant Kanadada bo‘lgan vaqtida sarflashni reja qilayotgan summa ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha hujjatlar
Ijobiy javob olish uchun umumiy ro‘yxatga qo‘shimcha 40 ming dollardan kam bo‘lmagan sayyohlik sug‘urtasi, mehmonxonadan joy band qilingani haqida ma'lumot, samolyotga chipta nusxasi topshiriladi.
Rasmiylashtirish jarayoni
Hujjatlar topshirilganidan keyin vizani rasmiylashtirish jarayoni boshlanadi va u kamida 15 kun davom etadi. Xorijlik fuqaroga savollar tug‘ilgan holatda viza berishga 5 kun qolganda suhbat tashkil qilinadi. Agar hujjatlarni tekshirish mobaynida bahsli savollar tug‘ilsa, qo‘shimcha hujjatlar talab qilinib, jarayon 2 oygacha cho‘zilishi mumkin.
Ziyodaxon G‘ulomova,
UzbekLife kolumnisti
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyotidagi nosozlik bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston | 21:41
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
Mavzuga oid

19:00 / 26.07.2025
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

09:41 / 30.06.2025
Kanadada Yerdagi eng qadimiy toshlar topildi

22:37 / 29.06.2025